Deprecated: Array and string offset access syntax with curly braces is deprecated in /home/centrala/domains/centralasiachemicals.uz/public_html/capcha/Functions.php on line 83
Toshkent viloyatining yirik investitsiya loyihalari faoliyati o'rganildi
Central Asia
Chemicals
Oʻsish – bizning maqsadimiz !
Русский Uzbek English

Toshkent viloyatining yirik investitsiya loyihalari faoliyati o'rganildi

01 август 2022

Tashrifdan maqsad joylarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning joriy holatini o'rganish, tadbirkorlar duch kelayotgan muammolarni hal qilish, investitsiyalar jalb qilish, sanoat va eksportni rivojlantirish nuqtai nazaridan hudud salohiyatidan foydalanish bo'yicha takliflar ishlab chiqishdir.

Loyihalar bilan tanishish viloyatning Ohangaron tumanida avtoklavlangan gazbeton ishlab chiqarishga ixtisoslashgan "East Mining Invest" MCHJdan boshlandi. 2021 yilda ishga tushirilgan ushbu loyihaning qiymati 20,5 million dollarni tashkil etadi, hozirgi kunga qadar 12,7 million dollar o'zlashtirildi. Shu mablag'lar hisobidan Germaniyaning yetakchi uskunalar ishlab chiqaruvchisi "Wehrhahn"ning texnologik liniyasi o'rnatildi. Korxonada 200 ga yaqin mutaxassis ishlaydi, zavodning ishlab chiqarish quvvati bugungi kunda yiliga 500 ming kubometr mahsulotni tashkil etadi. Shunisi e'tiborga loyiqki, ishlab chiqarishda asosan mahalliy xom ashyo, jumladan so'ndirilgan ohak, qum, kvarts qumi, gips, tsement va boshqalar ishlatiladi. Bu barcha bosqichlarda sifatni nazorat qilish imkonini beradi, shuningdek yakuniy mahsulot narxini pasaytiradi.

"Agro Sammix" MCHJ yo'nalishdagi yana bir yirik investitsiya loyihasi bo'ldi. Loyihaning qiymati 13,46 million dollarni tashkil etadi, korxonada premikslar va ozuqa qo'shimchalarini ishlab chiqarish yo'lga qo'yilgan. Loyiha yiliga 47,5 ming tonna oqsilga boy vitaminli mineral kontsentrati ishalb chiqarish quvvatiga ega. Joriy yilning birinchi yarmida 71,34 mlrd so'mlik mahsulot ishlab chiqarilib, 4,4 mln dollardan oshiqroq hajmdagi tovarlar eksport qilindi.
 

Bundan tashqari, hukumat komissiyasi «Angren» EIZda joylashgan «Central Asia Chemicals» MChJga tashrif buyurdi. Kompaniya vakillarining ta'kidlashicha, zavodning texnologik imkoniyatlari kir yuvish kukunlari va yuvish vositalarini ishlab chiqarishda asosiy xom ashyo sifatida ishlatiladigan natriy lauret sulfat (SLES) va alkilbenzol sulfat kislotalarini (LABSA) ishlab chiqarish imkonini beradi. Loyihaning umumiy qiymati 10,9 million AQSh dollarini tashkil etadi. Ishlab chiqarish quvvati yiliga 60,5 ming tonna mahsulot, shu jumladan qo'lda yuvish uchun 31,2 ming tonna va avtomatik kir yuvish mashinalarida yuvish uchun 16,8 ming tonna tonna tayyor kukun ishlab chiqarish imkonini beradi.

Shu kuni Hukumat komissiyasi, shuningdek, shisha tolali mineral jun ishlab chiqarishga ixtisoslashgan "Angren Insulation" MCHJ QK faoliyati bilan tanishdi. Ushbu loyihaning qiymati 15,7 million dollarni tashkil etadi, bu erda yiliga kigiz, folgalangan va oddiy rulonlarda 2,3 million dona mineral jun ishlab chiqariladi. Korxona to'liq quvvatga erishganda, 300 yangi ish o'rinlari yaratilishi kutilmoqda.

Komissiya a'zolarining korxonalarga tashrifi davomida tadbirkorlar ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirish, tayyorlanayotgan va eksport qilinayotgan mahsulotlar nomenklaturasi va hajmini kengaytirish bo'yicha o'z fikrlari bilan bo'lishdilar. Respublikaning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish bo'yicha takliflar, shuningdek, tadbirkorlar bevosita faoliyatini amalga oshirish jarayonida duch kelayotgan masalalar ham tilga olindi. Mas'ul rahbarlarga bildirilgan barcha masalalarni hal qilish bo'yicha tezkor choralar ko'rish va keyinchalik respublika darajasida kompleks yechimlarni ishlab chiqish uchun takliflar kiritish bo'yicha manzilli topshiriqlar berildi.

Maqola manbasi: www.mift.uz