Central Asia
Chemicals
Oʻsish – bizning maqsadimiz !
Русский Uzbek English

«CENTRAL ASIA CHEMICALS» MChJ zavodi «Angren» Erkin iqtisodiy zonasining hududida joylashgan. Korxonaning ishlab chiqarish bazasi Italiyalik ishlab chiqaruvchining ilg’or jihoz-uskunalarini o’z ichiga oladi. Ushbu jihoz-uskunalardan foydalanish tufayli, biz nafaqat Yevropa standartlariga muvofiq bo’lgan, maksimal darajada sifatli mahsulotni ishlab chiqaramiz, balki ishlab chiqarishdan atrof muhitga yetkaziladigan zararni minimallashtirishni ta’minlaymiz. Bundan tashqari, «CENTRAL ASIA CHEMICALS» MChJning tayyor mahsulotlari barcha xalqaro xavfsizlik talablariga ham mos keladi.

Zavodning maydoni – 35 000 m2. Shu jumladan – usti yopiq ishlab chiqarish maydonlari – 3 600 m2. Yana 2 600 m2 maydon suyuq turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun zaxira sifatida olingan.

«CENTRAL ASIA CHEMICALS» MChJ – har xil turdagi kimyoviy mahsulotlarni, shu jumladan maishiy kimyoviy mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonadir. Bugungi kunda «CENTRAL ASIA CHEMICALS» MChJ O’zbekiston korxonalariga, masalan, quyidagi mahsulot turlarini xarid qilish imkonini beradi:

LSN (SLES) va LABSK (LABSA) moddalari esa, har xil turdagi (asosan – maishiy-ro’zg’orda foydalaniladigan) yuvish vositalarining tarkibiy komponentlari sifatida ishlatiladi. Bularga quyidagilarni kiritish mumkin:

Bundan tashqari, LABSK (LABSA) sanoat va tijorat turidagi tozalovchi moddalarni ishalb chiqarish uchun, shuningdek – emulgator va namlashtiruvchi agent moddasi sifatida keng qo’llanadi.

Bizning ishimiz haqida

Zavodning faoliyati doirasida 3 ta asosiy ishlab chiqarish yo’nalishi bo’yicha faol ishlar amalga oshiriladi:

Bizning xodimlarimiz va mijozlar uchun servis

Ishlab chiqarishda ishlaydigan barcha xodimlar, jihoz-uskunalar bilan to’g’ri ishlash bo’yicha ta’limdan o’tadi. Ushbu o’qitish zavod uchun jihoz-uskunalarni yetkazib berishni amalga oshiradigan kompaniya yuboradigan yuqori malakali mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. O’qitish yakunlanganidan keyin, har bir xodim yakuniy test sinovlaridan o’tadi. Shuningdek, korxona doirasida qo’shimcha ta’lim olish va mutaxassislarning malakasini oshirish uchun imkoniyatlar ko’zda tutilgan. Eto pozvolyaet izbejat polomok, sboyev i prostoyev v rabote predpriyatiya, chto v konechnom itoge obespechivayet vozmojnost soblyudeniya srokov postavki gotovoy produktsii dlya kliyenta.

Jihoz-uskunalar to’liq kompleks holatida ham ishlab chiqaruvchi tomonidan sertifikatlangan, ham unga umumiy muvofiqlik sertifikatlari rasmiylashtirilgan.

Shuningdek, korxonada sifatni boshqarish tizimi joriy etilgan, bu esa bizga quyidagilarni ta’minlash imkonini yaratadi:


«CENTRAL ASIA CHEMICALS» MChJ: NIMA UChUN BIZ BILAN HAMKORLIK QILISh – FOYDALI?

1. Narx va sifatning muvofiq bo’lishi

Kompaniyamizning ishlab chiqarish bazasi «Angren» Erkin iqtisodiy zonasining hududida joylashgan, bu esa korxona faoliyatining imtiyozli sharoitlarini belgilab beradi. Ishlash jarayonida biz resurslarni tejashni va jarayonlarni maksimal avtomatlashtirishni amalga oshiramiz. Ushbu avtomatlashtirish esa ko’p sonli ishchilarni yollash zarurligiga yo’l qo’ymaslik imkonini yaratadi. Shu sababli, biz hamkorlarimizga YuFM va boshqa mahsulotlarining maksimal darajada raqobatbardosh qiymatini ta’minlashga asoslanadigan, ular uchun maksimal foydali hamkorlik sharoitlarini kafolatlab bera olamiz.

2. Katta hajmli ishlab chiqarish ko’lami

«CENTRAL ASIA CHEMICALS» MChJ zavodi butun Markaziy Osiyodagi ushbu yo’nalishdagi eng yirik korxona hisoblanadi. Korxonaning faoliyati ko’lami esa bizga nafaqat korxonalar uchun yetkazib berishni amalga oshirish, balki chet el davlatlariga tovarlarini eksport qilish imkoniyatini beradi.

3. Mahsulotning yuqori sifati, xavfsizligi va ekologik jihatlari

Italiyadagi yetakchi jahon ishlab chiqaruvchisi bo’lgan Desmet Ballestra kompaniyasi (Milan shahri, Italiya) tomonidan ishlab chiqarilgan zamonaviy jihoz-uskunalardan foydalanish hisobiga mahsulotning yuqori sifatiga erishiladi. Ushbu ishlab chiqaruvchi oxirgi avlod yuqori texnologik jihoz-uskunalarni ishlab chiqaradi.

Shu sababli, ishlab chiqarish jarayonlari to’liq avtomatlashtirilgan, mahsulot sifatining darajasi xalqaro talablarga mos keladi. Kimyoviy mahsulotning xavfsizligiga va ekologik jihatlariga qo’yiladigan standartlar talablariga ham tegishlidir. Bizning zavodimiz barcha ekologik talablarga muvofiq keladi, chunki u atrof muhitga zarar yetkazmaydi. Shuningdek, ushbu jihoz-uskunalardan foydalanish tufayli, energiya va gaz tejash mezonlariga rioya qilinadi.

4. O’zbekistonda LABSK, LSN va kir yuvish kukunlarini tez va foydali tarzda ulgurji sotib olish imkoniyati

Buyurtmachilarimiz bilan hamkorlik davomida biz eng avvalo mijozlarimiz uchun qulaylik yaratilishiga intilamiz. Biz bilan hamkorlik mijozlarga maksimal darajada oson va qulay bo’lishi uchun, biz buyurtmani rasmiylashtirish va mahsulotlarni yetkazib berish jarayonidagi har bir tafsilotni puxta o’ylab takomillashtirganmiz. Bular esa, bizga mijozlarimiz uchun hamkorlik qilish uchun maksimal oson shart-sharoitlarni yaratish imkonini berdi. Doimiy xaridorlarimiz uchun esa bonuslar tizimi ishlab chiqilgan, bu tizim xarid qilishning yanada foydali bo’lishiga imkon beradi.


Narxlar siyosati

Bugungi kunda korxonaning ishlab chiqarish qismida 75 nafar xodim ishlaydi. Ishlab chiqarishning yirik ko’lamlarini hisobga olgan holda, ishlab chiqarish xodimlarining soni bunchalik kamligi ishlab chiqarish jarayonlarini maksimal darajada avtomatlashtirish hisobiga ta’minlanadi, bu esa, o’z navbatida, kimyoviy mahsulotlarni ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarni minimallashtirish imkonini yaratadi.

Biz ham mahalliy, ham xorijiy korxonalardan buyurtmalarni qabul qilamiz, chunki bizning korxonamiz, shu jumladan, tayyor kimyoviy mahsulotni eksport qilishga ham yo’naltirilgan. Bizning maqsadimiz – ichki bozorning ehtiyojlarini to’liq darajada ta’minlash. Shuningdek, biz qo’shni davlatlarga mahsulotni eksport qilishga intilamiz.